Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti va xalqiga ta’ziya yo‘lladi
![Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti va xalqiga ta’ziya yo‘lladi](http://static.xabar.uz/crop/1/8/920__95_1833281436.jpg)
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning Abay viloyatida sodir bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘inlari oqibatida insonlar halok bo‘lgani va katta ziyon ko‘rilgani munosabati bilan Prezident Qasim-Jomart Toqayevga va qardosh Qozog‘iston xalqiga ta’ziya yo‘lladi.
Davlat rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 8-iyun kuni Qozog‘iston sharqidagi Abay viloyatida o‘rmon yong‘inlari boshlangan va yong‘in 60 ming gektarga yoyilgani aytilgan edi. O‘rmon yong‘inlarida jami 14 kishi halok bo‘lgan.
Kecha, 11-iyun kuni esa prezident Toqayev yong‘in oqibatida halok bo‘lgan o‘rmon xo‘jaligi xodimlarining oila a’zolari bilan uchrashuvda mamlakatda 12-iyun kunini umummilliy motam kuni deb e’lon qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter