Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik. Hammasi o‘zingizga bog‘liq!

Muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik. Hammasi o‘zingizga bog‘liq!

Boy boyligicha, kambag‘al kambag‘alligicha qoladi. Bu gapni ko‘p eshitamiz. Mening bu borada o‘tkazgan tadqiqotlarimga ko‘ra, ayrim kishilar favqulodda omadga erishadi, boshqalarni esa doimiy ravishda muvaffaqiyatsizliklar ta’qib etadi. Demak, yuqoridagi fikr har jihatdan to‘g‘ri, deyish mumkin...

Agar sizda bo‘lsa, yerni kavlab o‘tirmang, shundan foydalaning, vassalom, aks holda iste’dodingiz zoye ketadi.

Koinotda doimiy qoladigan narsa ─ bu abadiy o‘zgarishlardir. Hech narsa aynan shundayligicha qolmaydi ─ bir soniya ham, hatto bizning jismoniy qobig‘imiz hayratomuz tezlikda jadal ravishda o‘zgaradi. Siz bunga shaxsiy tajribangizda amin bo‘lishingiz mumkin.

Kimdir qachondir bir necha dollarga ko‘proq narsa olish bilan nom qozonish maqsadida kurashsa, unga shu darajaga ko‘tarilishi uchun biror kishi topilarmikan? U aylanma yo‘llarni egallashiga to‘g‘ri kelsa, yordamga muhtoj bo‘lmay qolsa, ana shunda odamlar navbat kutib, tizilib o‘z yordamlarini taklif etishadi.

Mazkur holat, ya’ni men uni uyg‘un ravishda tortilish qonuni deb atagan bo‘lardim, bunday tortilish barcha vaziyatlarda shu kabi o‘xshash holatlarni o‘ziga tortadi. Omadsizliklar yanada ko‘proq mag‘lubiyatni o‘ziga tortadi. Hayot dengizi doimiy ravishda bizni muvaffaqiyatlar yoki mag‘lubiyatlar to‘lqinlari sari olib boradi. Hamma gap muvaffaqiyatlar to‘lqiniga tushib qolishda.

Bunga qanday erishish mumkin? Javobi juda oson. Siz tafakkur qurilmangizni ijobiy tarzda «sozlang», bu bilan taqdir yo‘lingizni o‘zingiz belgilagan bo‘lasiz. «Yaxshi niyat ─ yarim mol», deb bejiz aytmaydilar. Shunday qilsangiz, omadsizlik to‘lqinlari qa’riga g‘arq bo‘lib ketmaysiz.

Sizning aql-zakovatingiz fikr yuritish, o‘ylash, intilish va hayotingizni har qanday maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirish qobiliyatiga mutanosib. Bu barchamizning to‘la-to‘kis va so‘zsiz nazoratga egalik qila oladigan yagona jihatimizdir. Ammo yodingizda bo‘lsin, biz bu imtiyozlardan foydalanishimiz yoki taqdirning adoqsiz zarbalariga chidashimiz kerak. Haqiqatan, biz moddiy, intellektual yoki ma’naviy narsalarga ega bo‘lmaylik, barchasi o‘zimiz tomonimizdan istifoda etilishi lozim, aks holda bulardan muqarrar ravishda mahrum bo‘lishimiz mumkin.

Hayotda qanday mavqega ega bo‘lishni istaysiz ─ eng avvalo, ana shuni aniq belgilang. So‘ng o‘z-o‘zingizga shunday deng: «Men buni uddalayman. Men buni hoziroq bajaraman». Oldinga tashlaydigan qadamingizni belgilab oling, toki maqsadingiz amalga oshsin. Shunda qadam-baqadam ko‘rasizki, har bir yutug‘ingiz sari borishingiz yengil ko‘chaveradi, siz tobora ko‘proq va yanada ko‘proq maqsadingizni amalga oshirishga yordam berishni istagan odamlarni o‘zingizga jalb etaverasiz.

Esingizda bo‘lsin: bitta joyda ko‘chmas-qo‘zg‘almas bo‘lib qolib ketmang. Muvaffaqiyat sari yuksaklikka yoki omadsizlik tomon pastga harakat qilishingiz mumkin. Qaysi birini tanlash faqat o‘zingizga bog‘liq.

O‘ylang, harakat qiling va muvaffaqiyatga erishing!

(Napoloyen Xill kitobidan).

 

 

 

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring