Andijonda o‘gay ukasini kaltaklab o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi
2019-yil 6-fevralda Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘z tuman sudida JKning 104-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilgan T.D.ga (erkak kishi) oid jinoyat ishi yuzasidan hukm o‘qildi.
2018-yil 20-iyunida Andijon shahrida mast holda bir necha soat avval o‘zi va o‘gay otasi Z.Z. bilan janjallashgani sababli o‘gay uka E.Z. T.D.ni qidirib kelgan. T.D. yana E.Z. bilan janjallashib, gilos daraxtining qurigan novdasi bilan qasddan old ko‘krak sohasiga, beton bo‘lagi bilan bosh qismiga urib tan jarohati yetkazgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchi olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida 2018-yil 3- iyul kuni vafot etgan.
Sud T.D.ga O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi bilan JKning 57, 60-moddasiga asosan, uzil-kesil 1 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.
Oldinroq, to‘ydagi mushtlashuv tufayli bir kishi halok bo‘lgan xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter