Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda o‘gay ukasini kaltaklab o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi

Andijonda o‘gay ukasini kaltaklab o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi

Foto:«AiF»

2019-yil 6-fevralda Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘z tuman sudida  JKning 104-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topilgan T.D.ga (erkak kishi) oid jinoyat ishi yuzasidan hukm o‘qildi.

2018-yil 20-iyunida Andijon shahrida mast holda bir necha soat avval o‘zi va o‘gay otasi Z.Z. bilan janjallashgani sababli o‘gay uka E.Z.  T.D.ni  qidirib kelgan.  T.D.  yana E.Z. bilan janjallashib, gilos daraxtining qurigan novdasi bilan qasddan old ko‘krak sohasiga, beton bo‘lagi bilan bosh qismiga urib tan jarohati yetkazgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining  xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchi  olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida 2018-yil 3- iyul kuni  vafot etgan.

Sud T.D.ga O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi bilan JKning 57, 60-moddasiga asosan, uzil-kesil 1 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.

Oldinroq, to‘ydagi mushtlashuv tufayli bir kishi halok bo‘lgan xabar berilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring