Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bugun dunyodagi 117 ta mamlakatga mahsulot eksport qilmoqda (infografika)

O‘zbekiston bugun dunyodagi 117 ta mamlakatga mahsulot eksport qilmoqda (infografika)

Infografika: PMTI

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari 2017–2022-yillar oralig‘ida O‘zbekiston eksportining geografiyasi va tovar nomenklaturasida ro‘y bergan o‘zgarishlarni tahlil qildi.

Tahlil davomida mamlakatimizdan tovarlar va xizmatlar ekport qilinadigan mamlakatlar soni ortgani va tovar nomenklaturasidagi mahsulotlar turi ham ko‘paygani aniqlandi:

2017–2022-yillar mobaynida mamlakatimizning eksport geografiyasi 16 ta mamlakatga kengayib, bugungi kunda mahsulotlarimiz 117 ta mamlakatga yetib bormoqda. Xususan, Peru (3 965,9 ming AQSh dollari), Albaniya (3 196,3 ming AQSh dollari), Shimoliy Makedoniya (1 454,7 ming AQSh dollari), Senegal (311,7 ming AQSh dollari), Mavrikiy (303,1 ming AQSh dollari) kabi mamlakatlarga ham mahsulotlarni eksport qilish yo‘lga qo‘yildi. Tovar nomenklaturasida 2017-yildagi 179 xil mahsulot turi 2022-yilga kelib 200 dan ortdi.

Shuningdek, paxta tolasi eksportidan voz kechilib, uning o‘rniga paxtadan tayyorlangan qo‘shilgan qiymati yuqori tovarlar eksporti yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, umumiy qiymati 1 613,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan paxtadan yigirilgan ip, 644,9 mln. dollarlik tayyor trikotaj va to‘qimachilik mahsulotlari, 242,8 mln. dollarlik naqshli mato, 131,6 mln. dollarlik gazlamalar, 78,1 mln. dollarlik ipak va ipak mahsulotlari, 42,1 mln. dollarlik gilam mahsulotlari eksport qilindi.

Maishiy texnika vositalaridan changyutgich, kir yuvish mashinasi, gaz plitasi, televizor kabi tovarlar quyidagi mamlakatlarga yetkazib berilmoqda:

  • Changyutgichlar — Qozog‘iston, Rossiya, Ukraina, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjonga.
  • Kir yuvish mashinalari — Tojikiston, Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Moldova, Turkmaniston, Turkiyaga.
  • Gaz plitalari — Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Armanistonga.
  • Televizorlar — Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston, Qirg‘izistonga.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring