Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumiga oid kitoblar jahon kutubxona va muzeylariga tarqatildi

«O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumiga oid kitoblar jahon kutubxona va muzeylariga tarqatildi

100 dan ortiq jahon va milliy muzey va kutubxonalar «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumiga oid 35 jildlik kitob-albomlar uchun sertifikatlarga ega bo‘ldi.

Xalqaro media-xollda saylov munosabati bilan yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy kuzatuvchilar va ekspertlar uchun «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» loyihasini taqdim etish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Diplomatik korpus vakillari, xalqaro kuzatuvchilar, olimlar, poytaxt va viloyat muzey va muassasalari vakillari, jurnalistlar va bloggerlar tadbirning faxriy mehmonlari sifatida ishtirok etishdi.

Tadbir davomida «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» loyihasining 5 yillik faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi hamda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati faliyatining oraliq natijalari sarhisob qilindi..

Tadbirning kulminatsiyasi — O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Butunjahon jamiyatining chet ellik a’zolariga esdalik belgilari, shuningdek, «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumiga oid 35 jildlik kitob-albomlarni olish uchun sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘ldi.

Kitoblar va faxriy nishonlar xorijiy davlatlarning O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan elchixonalari orqali – yetakchi muzeylar, kutubxonalar va ilmiy muassasalarga, shuningdek, Butunjahon jamiyatining xorijiy mamlakatlardagi a’zolariga shaxsan topshiriladi.

«O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» turkumiga oid kitob-albomlarni olish uchun sertifikatlar O‘zbekiston muzeylari va kutubxonalariga ham topshirildi.

«Bunday muhim tadbirda ishtirok etayotganimdan juda xursandman va «O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida» loyihasining yutuqlarini yuqori baholayman. Bu — butun dunyoga tarqalishi kerak bo‘lgan noyob hodisa. Endi ushbu kitob-albomlar bizning ofisimizni ham bezatadi va O‘zbekistonning eng boy madaniyati va tarixining ajoyib va ​​vizual daliliga aylanadi», - deb ta’kidladi YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Aleksandros Makarigakis.

«Mueller&Schindler» nashriyotining vitse-prezidenti Aleksandr Vilgelm ham loyihaning ahamiyati haqida fikr bildirdi, unga O‘zbekiston davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan esdalik nishoni topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring