O‘zbekistonga 10,3 milliondan ortiq turist keldi
2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida jami 10 306 786 nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 mln nafarga yoki 20,4 foizga oshgan.
O‘zbekistonga eng ko‘p turistlar kelgan mamlakatlar (top-10):
- Qirg‘iziston — 2 844 201 nafar;
- Qozog‘iston — 2 404 638 nafar;
- Tojikiston — 2 274 288 nafar;
- Rossiya — 983 407 nafar;
- Afg‘oniston — 380 190 nafar;
- Xitoy — 373 778 nafar;
- Turkmaniston — 256 546 nafar;
- Turkiya — 148 772 nafar;
- Hindiston — 53 778 nafar;
- Germaniya — 42 973 nafar.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter