Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik.STUDENTS: Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar hikoyasi

O‘zbekistonlik.STUDENTS: Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar hikoyasi

Bugun premerasi bo‘lib o‘tgan O‘zbekistonlik.STUDENTS hujjatli filmining ikkinchi epizodi premerasi Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlarida ta’lim olayotgan ikki nafar o‘zbekistonlik talaba hikoyasi bilan tanishtiradi.
 
Qahramon sifatida Londonning Bruney universitetida tahsil olayotgan buxorolik G‘ayrat Yusupov va Buyuk Britaniyaning Reding universitetida yuridik huquqni o‘rganayotgan farg‘onalik Yulduz G‘aniyeva tanlangan.
 
O‘zbekistonlik.STUDENTS yoshlar uchun maxsus suratga olingan seriyali filmlar bo‘lib, dunyoning eng yaxshi OTMlarini ko‘rsatish, u yerga o‘qishga kirish sirlarini ochish va o‘zbekistonlik iqtidorli talabalarning hikoyalarini yoshlarga yetkazish maqsadini ko‘zlagan.


 
Epizod Ucell, Uzairways, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti va Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida suratga olingan. Film premerasi bugun soat 18:00da MY-5 telekanali va Uzbekistan’s Club YouTube sahifasida namoyish etildi.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan’s Club — butun dunyoda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonlik yoshlarni birlashtirish, shuningdek, o‘zbekistonliklar imijini zamonaviy, mehnatsevar va intellektual salohiyati yuqori millat sifatida targ‘ib qilish uchun yaratilgan global maydon.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring