Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pashinyan Rossiya yetakchiligidagi tashkilotni Armaniston uchun tahdid deb atadi

Pashinyan Rossiya yetakchiligidagi tashkilotni Armaniston uchun tahdid deb atadi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatning Kollektiv xavfsizlik shartnomasidagi (KXShT) ishtiroki to‘xtatilgani sababini ochiqladi.

«KXShTdagi a’zoligimizni muzlatib qo‘yganimiz sababi mazkur tashkilot Armaniston xavfsizligiga oid majburiyatlarini bajarmayotganigina emas. Bizning fikrimizcha, KXShT Armaniston xavfsizligi, uning istiqboli, suvereniteti va davlatchiligiga tahdid soladi. Shu bois KXShTdagi a’zoligimizni to‘xtatdik», – dedi N.Pashinyan. 

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml rasmiy Yerevan fikriga mutlaqo qo‘shilmasligini aytgan.

«KXShT Armaniston suverenitetiga tahdid solmagan va solmaydi ham. Aksincha, bu tashkilot a’zo davlatlar suverenitetini muhofaza etadi», – degan u. 

Avval xabar berganimizdek, joriy yil 31 avgust kuni Armaniston KXShTning barcha organlaridagi ishtirokini muzlatib qo‘ydi.

Pashinyan 2024 yil 12 iyunidagi bayonotida Armaniston KXShT a’zoligidan chiqishini aytgan, ammo uning sanasini ma’lum qilmagandi.

Joriy yil iyul oyida Armanistonda AQSh bilan hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Tahlilchilar Yerevanning Vashington bilan hamkorlikdagi harbiy o‘quv tadbiri «Rossiyani xafa qiluvchi qadam» bo‘lishi mumkinligiga e’tibor qaratgan.

Moskva bilan munosabatlar sovuqlashuvi fonida Yerevan G‘arb tomon yuz burmoqda.

Joriy yil 11 iyun kuni Armaniston AQSh bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirishga doir bitim imzoladi.

4 iyul kuni bosh vazir Pashinyan Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlarni strategik hamkorlik darajasiga ko‘tarish istagini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring