Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pillakorlarga subsidiya ajratish tartibi tasdiqlandi

Pillakorlarga subsidiya ajratish tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori (773-son, 24.12.2021-y.) bilan Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (ho‘l pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvargacha pillaning har kilogrammi uchun 5 ming so‘m subsidiya beriladi.

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan har yili 20-iyulgacha respublikadagi pilla yetishtirish prognozlari ishlab chiqilib Moliya vazirligiga beriladi.

Moliya vazirligi prognoz asosida budjetdan subsidiya ajratib Qo‘mitaga 1 fevralgacha o‘tkazib beradi.

Pillachilik klasterlari va tashkilotlari «Agropilla» MChJlar bilan subsidiya oluvchilar ro‘yxatini shakllantiradi va 25-fevralgacha Agentlikning hududiy boshqarmasiga beradi.

Hududiy boshqarma ro‘yxatni umumlashtirib 1-martgacha Qo‘mitaga yuboradi.

Qo‘mita 10 aprelgacha pullarni subsidiya oluvchilarga berish uchun maxsus hisobvaraqlarga o‘tkazadi.

Pillachilik klasterlari va tashkilotlari subsidiya oluvchilarga pullarni kartaga yoki bankdagi hisobvaraqlariga o‘tkazib beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring