Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident uch kunlik tashrif bilan Qirg‘izistonga boradi

Prezident uch kunlik tashrif bilan Qirg‘izistonga boradi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 30-iyul – 1-avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston – Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.

Sammit yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.

Tashrif dasturiga muvofiq, Prezidentimiz Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvi va boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring