Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Remboni Stallone o‘rnida qaysi aktyorlar o‘ynagan bo‘lardi?

Remboni Stallone o‘rnida qaysi aktyorlar o‘ynagan bo‘lardi?

Silvestr Stallone. «Rembo: Birinchi qon» (1982 y.) filmidan kadr.

Silvestr Stallone «Rembo: Birinchi qon» jangari filmidagi bosh rol uchun Hollivudning qaysi aktyorlari da’vogar bo‘lganini «The Hollywood Reporter»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, avvaliga Rembo rolini Pol Nyumanga topshirmoqchi bo‘lishgan. Qolgan aktyorlar ham chakanamas: Al Pachino, Robert De Niro, Jeyms Garner, Rayan O‘Nil, Stiv Makkuin va hatto Dastin Hoffman ham bor edi. Ammo oxir-oqibat «tegirmonga tushsa butun chiquvchi qahramon» bo‘lish Stallonega nasib etdi.

O‘sha paytda 35 yoshda bo‘lgan Silvestr Stallone «Rembo: Birinchi qon» filmi bosh operatori Edryu Laslo bilan. Foto: AF archive/Alamy Stock Photo

Hozir 73 yoshini qarshilagan Stallone, to‘g‘risi, avvaliga filmning muvaffaqiyat qozonishiga ishonmagan ekan.

Ma’lumot uchun: Filmning birinchi qismi —«Rembo: Birinchi qon» 1982-yili ekranlarga chiqqan. 15 mln. dollarlik budjet bilan jahon prokatidan 125,2 mln. dollar ishlagan. Buni bugungi mezonlarda o‘lchasak, ko‘rsatkichlar nisbati 43 mln. dollarga 332 mln. dollar atrofida bo‘ladi, deya aniqlik kiritgan nashr.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring