Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryoda yosh er-xotin halok bo‘ldi. Ularning 2 yashar qizi jonlantirish bo‘limida

Sirdaryoda yosh er-xotin halok bo‘ldi. Ularning 2 yashar qizi jonlantirish bo‘limida

Foto: Xabar.uz

Sirdaryoda is gazidan zaharlanish oqibatida 33 yoshli erkak voqea joyida, 26 yoshli turmush o‘rtog‘i shifoxonada vafot etdi. Ularning 2 yoshli qizi «reanimatsiya»ga yotqizildi. Bu haqda «Sirdaryo Xabarlari» viloyat prokuraturasiga tayanib xabar berdi.

Oqoltin tumani ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismining 8 yanvar 2021-yil soat 13:45da bergan xabariga ko‘ra, Oqoltin tumani, «Ko‘rkam diyor» MFY, Marjonbuloq ko‘chasida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro T.S., turmush o‘rtog‘i 1994-yilda tug‘ilgan I.S. va voyaga yetmagan farzandi 2019-yilda tug‘ilgan E.R.lar yashash xonadonida zaharlanishib, T.S. voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, turmush o‘rtog‘i I.S. va voyaga yetmagan farzandi E.R.lar Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan I.S. shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Oqoltin tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring