Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sud Benzemani aybdor deb topdi

Sud Benzemani aybdor deb topdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Karim Benzema «Olimpiakos» yarim himoyachisi Mate Valbuenani shantaj qilganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda Get French Football News xabar berdi.

Sud unga bir yillik shartli qamoq va 75 ming yevro miqdorida jarima jazosini belgiladi.

Eslatib o‘tamiz, Benzema 2015 yilda terma jamoadagi sherigi Mate Valbuenaning intim videolari tarqatilishida vositachilik qilgani va shantajchilarga videoni chop etmaslik uchun pul to‘lashga undagani aytilgandi. Mojaro tufayli har ikki futbolchi ham Yevro-2016da terma jamoa safidan haydalgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring