«Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi»ga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan 2024-yil davlat xaridlar sohasidagi o‘rganishlar natijasida, «Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi» AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
Qayd etilishicha, Jamiyat tomonidan maxsus axborot portallari orqali jami 2,8 mlrd so‘mdan ortiq o‘tkazilgan tender savdolarida «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunining 29-moddasi talablari buzilgan.
Mazkur o‘rganishlar natijasi bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilinib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun tegishli tartibda sudga jo‘natildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter