Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda Matiz piyodani urib yubordi

Toshkentda Matiz piyodani urib yubordi

Foto: IIBB

Matiz haydovchisi yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi.

Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, 24 noyabr kuni taxminan soat 00:40da poytaxtning Sergeli tumanidagi Toshkent halqa avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘lgan.

23 yoshli Matiz haydovchisi D.I. yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan 39 yoshli piyoda K.Sh.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan, ammo shifokorlarning yordamiga qaramasdan, vafot etgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zR JKning 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 10  oy ichida 7681 ta yo‘l transport hodisasi qayd etilgan. Buning oqibatida 1964 nafar kishi vafot etgan, 6886 nafar inson tan jarohati olgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring