Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp «asr jinoyati» haqida kitob yozmoqda

Tramp «asr jinoyati» haqida kitob yozmoqda

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 2020 yilgi prezidentlik saylovlari haqida «Asr jinoyati» deb nomlanadigan kitob yozayotganini ma’lum qildi.

U bu haqda Texasning Ostin shahrida bo‘lib o‘tgan The American Freedom tadbirida gapirdi. Uning so‘zlarini Indy100 keltirmoqda.

«Bu mamlakatimiz tarixidagi eng katta jinoyatlardan biridir. Va, afsuski, prokuratura bu borada hech narsa qilishni xohlamaydi.  Men bu haqda «Asr jinoyati» deb nomlangan kitob yozyapman», dedi Tramp tinglovchilarga.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil mart oyida AQSh Oliy sudi Trampga 2020-yil noyabr oyida Viskonsin shtatida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida ovozlarni qayta ko‘rib chiqishni rad etdi. 

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlardaTramp amaldagi prezident Jo Baydenga imkoniyatni boy bergandi. Tramp ushbu saylovlarda g‘alaba qozonganini ta’kidlab keladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring