Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Noyer Yevropa chempionati rekordini takrorladi, Albaniya sensatsiya qayd etdi

Noyer Yevropa chempionati rekordini takrorladi, Albaniya sensatsiya qayd etdi

Germaniya terma jamoasi futbolchisi Manuel Noyer darvozabonlar o‘rtasidagi o‘yinlar soni bo‘yicha Yevropa chempionati rekordini takrorladi.

Noyer Vengriyaga qarshi Yevro-2024 guruh bosqichi 2-tur uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bu nemis darvozaboni uchun Yevropa chempionatidagi faoliyatidagi 17-o‘yin bo‘ldi. Faoliyatini tugatgan Janluiji Buffon ham shuncha o‘yin o‘tkazgandi.

Nemislar birinchi davra bahsida Shotlandiyani 5:1 hisobida mag‘lub etishdi. Tanaffusga qadar nemislar 3:0 hisobida oldinda borayotgandi – Florian Virts, Jamol Mutsiala va Kay Xavers gol urishdi.

Shuningdek, boya yakunlangan Xorvatiya- Albaniya uchrashuvida 2:2 hisobi qayd etildi. Albanlar Xorvatiyaga 90+5 daqiqada gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qolishdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring