Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parij olimpiadasi yo‘llanmalari soni 50 taga yetdi

Parij olimpiadasi yo‘llanmalari soni 50 taga yetdi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zosi Navbahor Hamidovaning (-66 kg) bugun qo‘lga kiritgan litsenziyasi delegatsiyamiz uchun o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘ldi.

Bu bilan O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun jamg‘arayotgan yo‘llanmalari soni roppa-rosa 50 taga yetdi.

Yana bir ahamiyatli tomoni, bokschi qizlarimiz ilk bor Olimpiya o‘yinlariga 4 ta yo‘llanmaga ega bo‘lishdi..

50 ta yo‘llanma 17 ta sport turi kesimiga to‘g‘ri keladi. Litsenzion sikl davom etmoqda. Hali oldinda hamyurtlarimiz dzyudo, yengil atletika, kamondan otish, o‘q otish sporti, suzish kabi yo‘nalishlarda yo‘llanmalarga ega chiqishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring