Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Real Madrid» Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi!

«Real Madrid» Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi!

Foto: «Google.com»

«Real Madrid» futbol klubi Germaniyaning «Borussiya Dortmund» klubini mag‘lub etib, UYeFA Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi.

1-iyun, shanba kuni Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi final uchrashuvida 2:0 hisobi ispan klubi foydasiga hal bo‘ldi.

Uchrashuvda gollarni 74-daqiqada Dani Karvaxal va 83-daqiqada Vinisius Junior kiritdi.

«Real» uchun bu g‘alaba tarixdagi 15-g‘alaba bo‘ldi. «Real Madrid» oxirgi marta 2022-yilda Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritgan edi.

Bu Dortmundning «Borussiya» klubining UYeFA Chempionlar ligasi finalida 2013-yildan buyon ilk bor ishtirok etishi edi. Bu yil final yo‘lida Dortmundning «Borussiya»si «PSJ», «Atletiko Madrid», «Inter» kabi mashhur klublarni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring