Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ronaldu: katta futbolning — katta futbolchisi

Ronaldu: katta futbolning — katta futbolchisi

Portugaliya terma jamoasi va «An-Nasr» (Saudiya Arabistoni) futbolchisi Krishtianu Ronaldu yuqori darajada o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) matbuot xizmati xabar berdi.

Ronaldu Portugaliya va Irlandiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etib, 50 va 60-daqiqalarda urgan gollari bilan jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Ushbu uchrashuv Ronaldu katta futbolda o‘tkazgan 1226-o‘yin bo‘ldi. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha Braziliya terma jamoasi va «San-Paulu» darvozaboni Rojerio Seni (1225)ni quvib o‘tdi.

Manbaga ko‘ra, Ronaldu Portugaliya, Angliya, Ispaniya, Italiya va Saudiya Arabistoni chempionatlarida  jami 698 marta maydonga tushgan. Qolaversa, ushbu mamlakatlarning kubok va superkubok uchun o‘tkazilgan 101 o‘yinida to‘p surgan. Klublar o‘rtasidagi xalqaro turnirlarda 220 ta, Portugaliya terma jamoasi safida 207 ta o‘yin o‘tkazgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring