Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Coursera dasturi orqali ta’lim berish bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda birinchi o‘rinda qayd etildi

Coursera dasturi orqali ta’lim berish bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda birinchi o‘rinda qayd etildi

Foto: Xabar.uz

Coursera dasturi orqali ish beruvchilarga zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni ta’minlash uchun o‘z aholisiga sarmoya kiritayotgan mamlakatlar reytingida O‘zbekiston birinchi o‘rinda qayd etildi.

Reyting quyidagicha ko‘rinish olgan:

  1. O‘zbekiston
  2. Singapur
  3. Birlashgan Arab Amirliklari
  4. Kanada
  5. Gongkong
  6. AQSh
  7. Lyuksemburg
  8. Livan
  9. Urugvay
  10. Irlandiya
  11. Trinidad va Tobago
  12. Shveysariya
  13. Kipr
  14. Estoniya
  15. Niderlandiya
  16. Latviya
  17. Saudiya Arabistoni
  18. Qozog‘iston
  19. Buyuk Britaniya
  20. Kolumbiya

«Coursera» masofaviy ta’lim platformasi bo‘lib, unda dunyoning 300 ga yaqin yetakchi universitetlar (Stanford, Yale, Illinois, Duke, Michigan va boshqalar) va kompaniyalarining (Google, Amazon, Meta, IBM va boshqalar) 8 ta yo‘nalishdagi 12 mingta professional ta’lim resurslari joylashtirilgan.

O‘zbekistonda «Coursera» ta’lim platformasida bepul o‘qib, xalqaro IT sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyati bor.

Shuningdek, uzbekcoders.uz — «One Million Uzbek Coders» loyihasining ta’lim portali hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring