Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreya qachon Marsni zabt etishi ma’lum qilindi

Janubiy Koreya qachon Marsni zabt etishi ma’lum qilindi

Foto: Universe Space Tech

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakat astronavtlari qachon Marsga qo‘nishi hamda Oyga bo‘lajak missiya haqida bayonot berdi.

Fazoni zabt etish bo‘yicha dasturlar va maqsadli loyihalarni amalga oshirishga Janubiy Koreya 70 mlrd dollar ajratadi, yaqinda tashkil etilgan Koreya aerokosmik agentligi (KASA) bu ishlarga bosh-qosh bo‘ladi.

Yun Sok Yolning aytishicha, mamlakat astronavtlari Marsga 2045-yilda ko‘nishi rejalashtirilgan, Oyga modulni esa Janubiy Koreya 2032-yilda uchiradi.

Bundan tashqari, odamlarni 2026-yilda Oyga qo‘ndirish ko‘zda tutilgan «Artemis 3» loyihasida koreyslar (KASA) NASA bilan birgalikda ishtirok etishni rejalashtirishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring