Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng yirik sayyohlik kemasining yo‘lovchisi suvga tushib ketib halok bo‘ldi

Eng yirik sayyohlik kemasining yo‘lovchisi suvga tushib ketib halok bo‘ldi

Foto: The Telegraph

Dunyodagi eng yirik sayyohlik kemasi — Icon of the Seas bortidan suvga tushib ketgan yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda New York Post xabar berdi.

Nashr yozishicha, noma’lum erkak bir haftalik sayohatning birinchi oqshomidayoq suvga tushib ketgan. Bu paytda kema Port-Mayamidan 300 mil (482,8 km) olisda bo‘lgan. Hodisadan xabar topgan kema ekipaji qutqaruv amaliyotini boshlagan. Erkakni topib, bortga olishgan. Ammo olgan jarohatlari oqibatida u vafot etgan.


Icon of the Seas haqida batafsil: 40 ta restorani, favvorali konsert zali bor. Dunyodagi eng katta sayyohlik kemasi qurilmoqda (video)


Ma’lumot uchun: 2024-yil boshida suvga tushirilishi bilan jahondagi eng yirik sayyohlik kemasiga aylangan Icon of the Seas ko‘plab ekspertlarda xavotir uyg‘otgan, ko‘pchilik uni ham «Titanik» qismati kutayotgan bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring