Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Livan bilan urush boshlansa, AQSh Isroilni qo‘llaydi

Livan bilan urush boshlansa, AQSh Isroilni qo‘llaydi

Foto: Izvestiya

Livan bilan keng ko‘lamli nizo (urush) boshlangan taqdirda AQSh Isroilni qo‘llaydi. Bu haqda o‘z manbalariga asoslanib CNN telekanali xabar berdi.

Yuqori lavozimli AQSh rasmiylari shu hafta Vashingtonga kelgan yuqori lavozimli isroillik amaldorlar delagatsiyasi bilan uchrashgan. Ular Isroilning shimoliy chegarasida Isroil va «Hizbulloh» harakati o‘rtasida keng ko‘lamli nizo boshlangan taqdirda Bayden ma’muriyati o‘z ittifoqchisini to‘liq qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi», — deyiladi telekanal xabarida.

Aytilishicha, Isroil delegatsiyasi amerikaliklar bilan Isroil shimoliy chegarasidagi vaziyatdan tashqari, Eron, G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish masalalarini ham muhokama qilgan.

Xabarlarga ko‘ra, Isroil o‘z hududiga «Hizbulloh» harakati hujumining oldini olish tez orada Livan bo‘yicha «zarur qaror»ga keladi.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish o‘z bayonotida «Livanni ikkinchi G‘azoga aylantirish»ga jahon hamjamiyati jim qarab turmasligini ta’kidlagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring