Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvada kuchli yong‘in sodir bo‘lmoqda

Moskvada kuchli yong‘in sodir bo‘lmoqda

Moskva sharqida, Martenovskaya ko‘chasidagi binoda 2 ming kvadrat metr maydonda yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in «ko‘p qavatli sanoat va omborxona binosida» sodir bo‘lgan.

Bu joy «Novogireyevo» metro bekati va xuddi shu nomdagi temir yo‘l stansiyasi yaqinida joylashgan.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘inni o‘chirishga Ka-32 vertolyoti, 40 ta texnika va 120 dan ortiq o‘t o‘chiruvchilar jalb qilingan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, binoda tez yonuvchi suyuqliklar solingan idishlar borligi yong‘inni bartaraf etishni qiyinlashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring