Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nursulton Nazarboyevni haqorat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinmoqda

Nursulton Nazarboyevni haqorat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinmoqda

Qozog‘iston parlamenti Majlisi (quyi palatasi) deputatlari Jinoyat kodeksidan respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevni haqorat qilganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi moddasini chiqarib tashlashni nazarda tutuvchi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda qozoq parlamenti quyi palatasi deputati Snejanna Imasheva ma’lum qildi.

Deputatning aytishicha, Jinoyat kodeksidan bu boradagi modda chiqarib tashlanadi.

«Hozirda Elboshi maqomi bekor qilingan, shuning uchun jinoiy javobgarlik ham endilikda kerak emas va u qo‘llanilmaydi», – dedi Imasheva.

2023 yil fevral oyida prezident Qasim-Jomart Toqayev «Qozog‘istonning birinchi prezidenti-Elboshi» to‘g‘risidagi qonun kuchini yo‘qotgani to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.

Mazkur qonunda Nazarboyev va oilasining maqomi, ularning imtiyozlari belgilab berilgandi. Farmonga asosan Nazarboyevning xalqqa murojaat qilish va davlat organlari hamda amaldorlarga taklif kiritish huquqlari ham bekor qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring