Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shoygu Ukrainaning yo‘qotishlari haqida bayonot berdi

Shoygu Ukrainaning yo‘qotishlari haqida bayonot berdi

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning iddao qilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari so‘nggi uch kun ichida barcha yo‘nalishlarda 3715 nafargacha askar va 52 ta tankni yo‘qotgan.

Bu haqda TASS xabar tarqatdi.

«Barcha yo‘nalishlarda uch kunlik jangovar harakatlar davomida Ukraina Qurolli Kuchlarining yo‘qotishlari 3715 harbiy xizmatchi, 52 tank, 207 zirhli jangovar mashina, 134 ta mashina, 5 samolyot, 2 vertolyot, 48 dala artilleriya quroli va 53 uchuvchisiz uchish apparatlarini tashkil etdi», — deya bayonot bergan Shoygu. 

Avvalroq Rossiya Qurolli kuchlari Janubiy Donetsk yo‘nalishida Rossiya pozitsiyalariga hujum qilmoqchi bo‘lgan 1500 nafar ukrainalik askarni, shuningdek, sakkizta «Leopard» tankini yo‘q qilgani haqida gapirgan. 

Eslatib o‘tamiz, Ukrainadagi urushda tomonlar berayotgan yo‘qotishlar bo‘yicha bayonotlar turlicha yangramoqda. Jumladan, Rossiya oxirgi marta yo‘qotishlar bo‘yicha o‘tgan yil sentbyardagina ma’ulumot bergandi. 

Ukraina tomonining raqamlariga ko‘ra, Rossiyaning yo‘qotishlari 200 ming kishidan oshib ketgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring