Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tayvanda elektr iste’moli rekordi o‘rnatildi

Tayvanda elektr iste’moli rekordi o‘rnatildi

Foto: Rossaprimavera

Tayvanda kunduzgi elektr iste’moli rekordi o‘rnatildi — Taipower davlat energetika kompaniyasi ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda.

Elektr enegriyasi iste’mol cho‘qqisi 41,8 gigavattni tashkil etgan. Oldingi rekord (40,74 gigavatt) 2022-yil iyulida o‘rnatilgandi.

Yangi rekord jazirama va nam havo sababli odamlar konditsionerlarining eng kuchli rejimini yoqib qo‘yishayotgani bilan bog‘liq.

Taipower ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 47,33 gigavattgacha elektr energiyasidan foydalanish imkoniyati bor. Ya’ni, 17 foizli zaxira mavjud.

Tayvanda tarmoqlarga yuklanish oshib ketishining oldini olish maqsadida yozda qimmat elektr tariflari amal qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring