Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiya poytaxtini suv bosdi

Turkiya poytaxtini suv bosdi

Foto: X/sehrivanhaber

Shiddatli yomg‘irlar oqibatida Turkiya poytaxti Anqarani suv bosdi.

Yerosti yo‘llari, ko‘plab katta va kichik ko‘chalar, ayrim uylarning birinchi qavatlari va do‘konlar, transport vositalari suvga to‘lgan.

TRT Haber xabariga ko‘ra, 25-avgust sanasida kunning o‘rtasida boshlangan yomg‘ir poytaxt hayotini izdan chiqarib yubordi. Chankaya, Chubuk, Akyurt, Qahramankazan, Pursaklar, Kechioren, Etimesgut, Yenimahalle, Sinkan, Gyolbashi va Mamak tumanlarida barcha ish jarayonlari to‘xtab qolgan.

Ayrim haydovchilar tiqinlarda zo‘rg‘a harakatlangan bo‘lsa, ayrim mashinalar suvdan chiqolmay qolib ketgan.

Foto: TRT Haber

Mahalliy kommunalchilar suvni ketkazish uchun bitib qolgan panjaralarni ochishga jalb etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring