Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikada anomal issiq tufayli 90 kishi halok bo‘ldi

Meksikada anomal issiq tufayli 90 kishi halok bo‘ldi

Foto: «AA»

Meksikada yil boshidan buyon anomal issiq tufayli 90 kishi halok bo‘ldi.

Meksika matbuotiga ko‘ra, Verakrus, Tabasko, Tamaulipas, Nuyevo-Leon va San-Luis Potosi kabi shtatlarda haddan tashqari yuqori harorat ta’siridan halok bo‘lganlar soni ortib bormoqda.

Meksika sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, birgina 29 maydan 5 iyunga qadar anomal issiq ta’siridan 29 kishi halok bo‘lgan. Ikki mingga yaqin odam quyosh urishidan shikoyat qilib, shifoxonalarga murojaat qilgan.

Milliy meteorologiya xizmati yaqin kunlarda mamlakatda haddan tashqari yuqori harorat to‘lqini davom etishini bashorat qilmoqda. Surunkali xastalikka ega insonlar zarurat bo‘lmagan taqdirda kunning ma’lum soatlarida ko‘chaga chiqmasliklari tavsiya etilmoqda.

Meksika Milliy universiteti may oyining so‘nggi 15 kunida mamlakat tarixidagi eng yuqori harorat kuzatilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Meksikaning 14 ta shtatida havo harorati 40 darajadan yuqori bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring