Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoylik ekspert Ukraina urushi borasida tushkun bayonot berdi

Xitoylik ekspert Ukraina urushi borasida tushkun bayonot berdi

Sinxua universiteti xalqaro munosabatlar fakulteti dekani, professor Yan Syuetongning aytishicha, Ukrainadagi jangovar harakatlar kelgusi yilda ham to‘xtamaydi, mojaro faqat siyosiy omil tufayli to‘xtashi mumkin, biroq tomonlardan biri muzokaralarga rozi bo‘lmaguncha buning iloji yo‘q. U global tinchlik forumi arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan. 

«Bu yil, hozirgi aksil-globallashuv tendensiyasi sabab Ukrainadagi urush tugamaydi. Kelgusi yil ham yakunlanishi mumkinligini ko‘rmayapman. Kelgusi yilning shu vaqtida ham jangovar harakatlar davom etishi mumkin», dedi u.

Mutaxassisning fikricha, uzoq davom etgan janglar jang maydonidagi ikki tomonning harbiy kuchlari teng ekanligini va bir yil ichida har ikki tomonning ustunlikka erishish ehtimoli juda kamligini ko‘rsatadi.

Yan Syuetongning qo‘shimcha qilishicha, siyosiy omil mojaroga chek qo‘yishi mumkin, ammo buning uchun har ikki tomon ham muzokaralar olib borish irodasiga ega bo‘lishi kerak. Uning aniqlik kiritishicha, shu sababli Shveysariyada Ukraina bo‘yicha yaqinda bo‘lib o‘tgan konferensiya tinchlik sari harakatga hissa qo‘shmadi, chunki bir tomonning ishtirok etishiga ruxsat berilmagan.

Bungacha Ukraina prezidenti devonxonasi rahbari Andrey Yermak Kiyev Rossiya bilan muloqotni qayta tiklashga qarshi emasligini va Shveysariyada bo‘lib o‘tgan «tinchlik» konferensiyasi voqealarini unga o‘tkazish imkoniyatini qidirayotganini aytgandi. Unga ko‘ra, muzokaralar tashkil etish uchun ikkinchi sammitga Rossiya Federatsiyasi taklif qilinishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring