Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirliklar ochiqlik indeksida 1-o‘rinni egallab, «Eng yaxshi vazirlik» nomiga erishishi uchun matbuot kotibi qanday bo‘lishi kerak?

Bugungi qahramonimiz oddiy jurnalist emas. O‘zbekistonda bir necha yildan buyon Adliya tizimida matbuot kotibi sifatida ko‘pchilikka tanish bo‘lgan Sevara O‘rinboyeva.

Bugun uning oldidagi muhim vazifalardan biri — yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish, Fanlar akademiyasini keng jamoatchilikka yaqinlashtirish.

— Davlat tashkilotini xalqqa tanitish uchun qanday PR kerak?

— Matbuot kotibi qanchalik erkin ishlay oladi?

— Vazirliklar «Ochiqlik indeksi»da birinchi o‘rinni egallab, «Eng yaxshi vazirlik» nomiga erishishi uchun matbuot kotibi qanday bo‘lishi kerak?

— Oila, farzandlar, ilm va kasb o‘rtasida muvozanatni qanday saqlash mumkin?

Sevara O‘rinboyeva bilan samimiy suhbat davomida kasbiy tajriba, ilmiy faoliyat, hayotiy tanlovlar va jurnalist ayolning hali ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan jihatlari haqida so‘z boradi. Suhbatni tomosha qiling, balki siz ham ilm-fanga boshqacha nigoh bilan qaray boshlarsiz!

E’zoza Turg‘unova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring