Мобильное приложение Xabar.uz для Android устройств. Скачать ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Скачать ×

Жамшид Ниёзов

Олов ёнмаган жойдан тутун чиқмайди.

Mardikor ayollar nolasi: «IIB xodimlari chekadigan sigareti, yeydigan kolbasalarining pulini bizdan undirmasin!»

Mardikor ayollar nolasi: «IIB xodimlari chekadigan sigareti, yeydigan kolbasalarining pulini bizdan undirmasin!»

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali Toshkent shahridagi vaqtinchalik mehnat bozoridagi haqiqiy ahvolni o‘rganishga bel bog‘ladi. Kuzatuvlarimiz yollanib (kunbay) ishlovchi fuqarolarimizni qiynayotgan ko‘plab muammolar borligini, oilasini boqish maqsadida so‘ngi chora o‘laroq «Mardikor bozori» bir martalik ish topish uchun chiqqan yurtdoshlarimiz turli qiyinchiliklarga duch kelayotganligini ko‘rsatdi. Tez orada bu haqda tahliliy maqola tayyorlab, hukmingizga havola qilamiz. Ammo ungacha zudlik bilan ma’lum qilishimiz kerak bo‘lgan holatlar mavjud.

Poytaxtimizning Qo‘yliq dehqon bozori yaqinidagi Yashnobod tumani vaqtinchalik ishlarni tashkil etish byurosida bo‘lganimizda, yollanib (kunbay) ishlovchi fuqarolar asosan ichki ishlar xodimlarining muomalasidan,  qonunga zid hatti-harakatlari ustidan shikoyat qilishdi.

Jumladan, hududdagi IIB xodimlari mardikor ayollardan sigaret, «Kola», tushlik yoki kechki ovqat uchun kolbasalarning pulini undirib olishar, pul bermaganlarni avtobusga tiqib, «Panelniy»ga olib ketib, pasport rejimini buzganlik uchun eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha jarima yozib, keyin qo‘yvorishar ekan.

— Jarimani doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyimizga yozishadi, o‘zi ishsiz bo‘lsak, qiynalganimizdan shu yerlarda yurgan bo‘lsak, bizgayam havasmas bu yerda yurish, — deydi andijonlik ayol.

Hali IIB xodimlarining mardikorchilikka chiqqanlarga erkagu ayol demasdan kuch ishlatishi, qo‘l ko‘tarishi, tepkilashi haqida indamadik. Bular «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinib, tinchligimiz posbonlarining huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yilgan, barcha sohalarda, ayniqsa, kuch ishlatar tizimlarda faoliyat yuritayotganlardan ishga munosabatni o‘zgartirish, o‘zini xalqning xizmatkori deb bilish kerakligi talab etilayotgan bir paytda yuz berayogani g‘oyat achinarlidir.

Yaqindagina Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga yo‘llagan murojaatida mushtumzo‘r hokimlarni ayovsiz tanqid qilgan edi:

— Hali odamlar o‘zgargani yo‘q. Madaniyat o‘zgargani yo‘q. Ochig‘ini aytaman, hokimlarning ham madaniyati yo‘q. Iloji yo‘q, yaqinda qonun ustuvorligini ta’minlash uchun uchta tuman hokimini jazoga tortdik.

Odamlar bilan gaplashishni bilmaydi. Oldingi davrlardagidek madaniyatsiz gaplar bilan majlislar o‘tkazadi, odamlarni haqorat qiladi. Kim ularga huquq beribdi? Hokimga kim huquq bergan birovlarni haqorat qilishga?

Bu nimadan dalolat? Madaniyatsizligimizdan dalolat! O‘qimaganimizdan dalolat! Ma’naviyatimiz pastligidan dalolat!.. Bilib qo‘yinglar, bu ahvolda birortang ertangi kun bilan ishlamaysizlar.

Shavkat Mirziyoyev

Bizningcha, davlat rahbarining bu so‘zlari nafaqat mahalliy davlat hokimiyati vakillari, balki barcha davlat organlari va idoralarida faoliyat yurituvchi rahbar hamda xodimlarga tegishli. Jumladan, IIB xodimlariga ham. Fuqaro qonunni buzayaptimi, unga qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilsin, ammo zinhor-bazinhor vakolat doirasidan chetga chiqilmasin, qo‘l ko‘tarilmasin. Kimlarningdir shu qilmishi deb odamlar davlatdan norozi bo‘lishmasin.

Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»

Voqeaga bir yoqlama munobat bildirib qo‘ymaslik maqsadida ayblanayotgan tomonni ham eshitib ko‘rmoqchi, savollarimizga javob olmoqchi bo‘ldik. Biroq har kuni bamaylixotir «mardikor ovlash» bilan shug‘ullanuvchilar ijodiy guruhimizni ko‘rishi hamono juftakni rostlab qolishdi.  

Qo‘limizda yozganlarimizni tasdiqlovchi audio va videomateriallar bor. Umid qilamizki, IIV rahbariyati biz bilan hamkorlikda tizimdagi kamchiliklarga yechim topishadi, aybdorlarga jazo muqarrarligini ta’minlaydi.

Комментарии 0

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети