Новости в нашем Телеграм канале Подписаться ×

«Shablonniy»dan odamgarchilikkacha: bolasi bog‘chaga qabul qilinmagan yolg‘iz ona dardi

«Shablonniy»dan odamgarchilikkacha: bolasi bog‘chaga qabul qilinmagan yolg‘iz ona dardi

«Men yolg‘iz onaman. Farzandim 2 yoshga to‘ldi. Endi ishga chiqishim kerak, chunki ishxonam dekret puli to‘lashni to‘xtatdi. Lekin bog‘chalar 3 yoshdan qabul qilamiz, 2 yashar bolani olmaymiz, deyapti. Agar bolamga qarasam, qanday kun ko‘raman? Agar ishga chiqsam, hech kimim yo‘q, bolamga kim qaraydi? Bunaqa vaziyatda nima qilay, iltimos, maslahat bering».

Ba’zan shunday savollar bo‘ladiki, qanday maslahat berishni ham bilmaysan kishi. Mutasaddi tashkilotlar qaror qabul qilayotganda sal mantiqni ham qo‘shishsa yomon bo‘lmasdi.

Bog‘chaga bolalarni 3 yoshdan qabul qilishni Xalq ta’limi vazirligi belgilagandi. Endi vaziyat o‘zgardi, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Boz ustiga rahbari ayol kishi. Ulug‘bek Inoyatov balki ayollarning dardini his qila olmagandir, hech bo‘lmasa, Agrepina Shin shu masalada ayollarimizning muammosini hal qilib bersa, yaxshi bo‘lardi.

Ortiqcha xarajat, budjetni iqtisod qilish kabi «shablonniy» jihatlarni bir chetga surib, shunchaki oddiy inson sifatida masalani o‘ylab ko‘rishsa, degan umidim yo‘q emas.

Комментарии 0

Зарегистрируйтесь, чтобы оставлять комментарии

Вход

Заходите через социальные сети