Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda yangi qurilayotgan 9 qavatli binoda yong‘in chiqdi

Buxoroda yangi qurilayotgan 9 qavatli binoda yong‘in chiqdi

Bugun, 24 iyul kuni soat 12:20da Buxoro shahar «Bunyodkor» MFYda joylashgan yangi qurilayotgan 9 qavatli uyda yong‘in chiqdi. Bu haqda Buxoro viloyati FVB Matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in qutqaruv ekipaji soat 12:22da etib borib, yong‘in 12:49da batamom  o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.

Voqea joyiga 5 ta yong‘in qutqaruv ekipaji jalb etildi. Yong‘inining kelib chiqish sababi payvandlash ishlarida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzilishi deb taxmin qilinmoqda. Moddiy zarari aniqlashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring