Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qizini kaltaklagan mast ayol onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin

Toshkentda qizini kaltaklagan mast ayol onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin

Ijtimoiy tarmoqlarda alkogolli ichimlik ta’sirida bo‘lgan ayol qiziga shafqatsiz muomalada bo‘layotgani aks etgan video tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 21-noyabr kuni poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan. Qizi gul do‘koniga kirib gul so‘raganidan g‘azablangan ona uni haqoratlab, ayovsiz kaltaklagan.

Hodisaga befarq bo‘lmagan fuqarolardan biri jarayonni videoga olgan. Ayni paytda ayolning harakatlariga baho berish yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Mazkur holat bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.

«Onasining bunday zo‘ravonligidan jabr ko‘rgan qizcha Toshkent shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy himoya ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Onani esa ota-onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Davlat har bir bola manfaati ustunligini ta’minlaydi», – deyiladi bolalar ombudsmani munosabatida.

Avvalroq Xorazmda 3 nafar bolani yoqib yuborish bilan qo‘rqitgan ayol voqeasi Bolalar ombudsmani nazoratiga olingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring