Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev migrantlarni soliqqa tortish bo‘yicha fikr bildirdi

Shavkat Mirziyoyev migrantlarni soliqqa tortish bo‘yicha fikr bildirdi

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda muhojirlarga soliq solish bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.

— Viloyatdan chet elga ketib, mehnat qilayotgan fuqarolarimiz imkon qidirib ketishgan. Imkon qidirgan odam fidoyi odam bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda chetda yuradiganlarni daromad solig‘iga tortish haqida gap chiqdi. Bu mutlaqo asossiz gaplar. Men, Xudo nasib qilib, rahbar bo‘lib ishlasam, bunday bo‘lmaydi. Ular o‘ziga va oilasiga imkon yaratyapti, o‘zini ish bilan ta’minlayapti, oilasini boqyapti. Ularni men o‘z farzandlarim deb bilaman. O‘tgan vaqtda biz ham ularni qo‘llab-quvvatlash uchun choralar ko‘ryapmiz.

Mirziyoyevning aytishicha, Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida departament ochildi. Ularning hayoti va sharoitini yaxshilash, kasbga o‘rgatish uchun harakatlar qilinyapti. Migratsiya masalasi bo‘yicha Rossiya hukumatiga ko‘p murojaat yuborilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentlikka yana bir nomzod Alisher Qodirov xorijdagi mehnat migrantlarini soliqqa tortish to‘g‘risidagi bayonot bilan chiqqandi. Ushbu shov-shuvli taklifga Davlat soliq qo‘mitasi munosabat bildirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring