Porani dollarda olmoqchi bo‘lgan xalq ta’limi mas’uli ushlandi
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Jizzax shahar xalq ta’lim bo‘limi mas’uli O.A. jinoyat ustida ushlandi. U o‘z xizmat xonasida 1 ming 500 AQSh dollarini pora sifatida olayotganda qo‘lga tushgan.
Ayblanuvchi mazkur porani Jizzax shahridagi o‘rta umumta’lim maktablaridan birini ta’mirlash uchun davlat budjetidan ajratilgan 249 million so‘mning qurilish korxonasi hisob-raqamiga o‘tkazib berish uchun so‘ragani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter