Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna böliş ×

Saudiya Arabistonidagi yirik neft zavodi Eron hujumidan keyin yopildi

Saudiya Arabistonidagi yirik neft zavodi Eron hujumidan keyin yopildi

Eron Saudiya Arabistonining neft infratuzilmasiga, jumladan, dunyodagi eng yirik neft eksport markazlaridan biri bo‘lgan Saudi Aramco kompaniyasining Ras-Tanura obyektiga zarba berdi.

Saudi Aramco Ras Tanura neftni qayta ishlash zavodida dron hujumidan so‘ng faoliyatini to‘xtatgan.

Bloomberg bergan ma’lumotga ko‘ra, Saudiya Arabistonidagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri bo‘lgan Saudi Aramco 550 ming barrel xom neftni qayta ishlash quvvatiga ega. Nashrning manbalariga tayanib yozishicha, Fors ko‘rfazida joylashgan zavod dushanba kuni ertalab kompaniya zararni baholayotgan bir paytda ehtiyot chorasi sifatida yopilgan. Manba, shuningdek, voqea joyida sodir bo‘lgan yong‘in nazorat ostida ekanini bildirgan.

Manba: bloomberg.com

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring