Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ichida 11 kishi bo‘lgan lift quladi

Toshkentda ichida 11 kishi bo‘lgan lift quladi

18-iyun 16:15 larda Toshkent shahar Yangihayot tumani, Navro‘z ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning yuk tashish uchun mo‘ljallangan lifti yuqoridan pastga tushayotgan vaqtida texnik nosozlik tufayli tezlashib, 1-qavatga yaqinlashganda liftning avtomatik tormoz tizimi ishga tushib to‘xtagan.

Natijada liftda bo‘lgan 11 nafar fuqarolar turli darajada yengil tan jarohati olib, RShTYoIMga olib ketilgan, deyiladi FVV ma’lumotida.

Hozirda shifoxonadan 8 nafar fuqarolarga uyiga javob berilgan, qolgan 3 nafar fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Voqea joyiga FVV hodimlari, shahar va tuman FVB rahbariyati, IIB, Prokuratura hamda SSB hodimlari chiqishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring