Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2022-yilning eng chiroyli avtomobili aniqlandi (foto)

2022-yilning eng chiroyli avtomobili aniqlandi (foto)

Foto: «Autoreview.ru»

37-Xalqaro avtomobillar festivali hakamlar hay’ati 2022-yilning «eng chiroyli avtomobili»ni tanlashdi. Hakamlar hay’ati jahon miqyosidagi professional dizaynerlar va yulduzlardan tashkil topgan. Bu haqda «Avtotsentr» xabar berdi.

Eng chiroyli mashina — DS Automobiles (PSA Peugeot Citroën tarkibiga kiradi) ishlab chiqarayotgan DS 4 modeli.

DS 4 modelining yangilangan talqini DS Automobiles kompaniyasi dizayn borasida yangi bosqichga qadam qo‘yganini anglatadi — xetchbekning tashqi ko‘rinishi takomillashgan, zamonaviy va juda texnologik.

Xalqaro avtomobillar festivali «eng chiroyli avtomobil» sovrinini 2006-yildan beri topshirib keladi. DS Automobiles yetti marta festivalning turli mukofotlarini qo‘lga kiritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring