Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Adolat qaror topdimi yoki monopoliya?» – «UzAuto Motors» foydasiga chiqqan sud qarori o‘zgarishsiz qoldirildi

«Adolat qaror topdimi yoki monopoliya?» – «UzAuto Motors» foydasiga chiqqan sud qarori o‘zgarishsiz qoldirildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasidagi maxsus komissiyaning «UzAvto Motors» AJga yengil avtomobillar narxining asossiz oshirilgan qismini tushirish va ortiqcha olingan mablag‘ni iste’molchilarga qaytarish vazifasini yuklash to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga murojaat qilgan monopol («UzAvto Motors») korxona unda yutib chiqqanidan xabaringiz bor. Shuningdek, qo‘mita Toshkent shahar ma’muriy sudi qarori ustidan apellyasiya tartibida shikoyat bergani ham ma’lum qilingandi.

Bugun mazkur ish bo‘yicha Toshkent shahar ma’muriy sudi apellyasiya instansiyasining qarori e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Gapning po‘stkallasi shuki, apellatsiya instansiyasi  birinchi bosqich sudining 2020 yil 30 oktyabrdagi hal qiluv qarori va xususiy ajrimini o‘zgarishsiz, qo‘mita keltirgan apellyasiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

Qo‘shimcha qilinishicha, sudlov hay’ati taraflarga nima sababdan ushbu xulosaga kelganligi, qarorga nisbatan shikoyat berish muddati va tartibi to‘g‘risida tushuntirishlar bergan.

Demak, sudning mazkur qarori ustidan shikoyat qilish imkoniyati bor. Biroq keyingi bosiqichda qo‘mitaning yutib chiqishiga-chi?

Bunday og‘riqli savol javobi muallaq ekanini sezib turibsiz. «Apellyasiya sudida adolat qaror topdimi yoki xalqning qonini ichayotgan monopoliyami?» – shu savol javobi xususida gap shu.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring