Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtobuslarda chiptasiz yurgan minglab yo‘lovchi jarimaga tushdi

Avtobuslarda chiptasiz yurgan minglab yo‘lovchi jarimaga tushdi

“Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi nazoratchilari tomonidan jamoat transportida yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlanayotgan yo‘lovchilarga qarshi kuchaytirilgan reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2026 yilning yanvar oyi mobaynida avtobuslarda chiptasiz yurgan yo‘lovchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 144-moddasi 5-qismiga asosan jami 11 502 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va tegishli jarimalar qo‘llanilgan.

Mutaxassislar jamoat transporti tizimi barqaror ishlashi, xizmat sifatini yaxshilash va infratuzilmani rivojlantirish uchun har bir yo‘lovchi yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lashi zarurligini ta’kidlamoqda. Nazorat tadbirlari muntazam ravishda davom ettirilishi bildirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring