Buni yangilik desa bo‘ladi! Sud orqa eshikka parda o‘rnatishni qonuniy deb topdi
Avvalroq turli hududlarda orqa eshikka parda o‘rnatgan haydovchilar sudlashayotgani haqida yozgandim, deb xabar bermoqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Bugun ana shunday ma’muriy sud majlislaridan birinchisi Buxoroda yakunlangan.
Sud masalani atroflicha ko‘rib chiqib, orqa eshikka parda o‘rnatilgan holatni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi 1-bandi asosida ma’muriy huquqbuzarlik hodisasi yoki alomati yo‘qligi munosabati bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni tugatish haqida qaror qabul qildi.
Ya’ni sud orqa eshikka parda o‘rnatishni qonuniy deb topdi va ushbu harakat uchun ma’muriy javobgarlikka tortish mumkin emasligini belgilab berdi.
Mazkur sud qarori tegishli muddatda qonuniy kuchga kirgandan so‘ng qaror nusxasini yana qayta e’lon qilamiz, deb yozadi bloger.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter