Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JAC JS8 O‘zbekistonda rasman taqdim etildi: butun oila uchun keng va texnologik SUV

JAC JS8 O‘zbekistonda rasman taqdim etildi: butun oila uchun keng va texnologik SUV

O‘zbekistonda yangi SUV JAC JS8 sotuvi rasman boshlandi, u oilaviy avtomobillar bozorida muhim yangiliklardan biriga aylanishi kutilmoqda. Model zamonaviy dizayn, keng salon, yuqori texnologiyalar va xavfsizlik tizimlarining keng to‘plamini mujassam etadi va bu sifatlar uni shahar va shahar tashqarisidagi safarlar uchun eng maqbul tanlovga aylantiradi.

JAC JS8 yo‘lda boshqa turdosh avtomobillardan ajralib turadi: yirik xromlangan panjara, ko‘rkam LED-chiroqlar va panoramali lyuk zamonaviy va maqomli ko‘rinishni yaratadi, 19”gacha bo‘lgan alyuminiy disklar esa avtomobilning dinamik fe’l-atvorini ta’kidlaydi.

Avtomobil saloni yetti yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Uch qator o‘rindiq va keng yukxona JS8 avtomobilini oilaviy safarlar va faol dam olish uchun qulay vositaga aylantiradi. Kabinani bezatishda sifatli materiallardan foydalanilgan, o‘rindiqlarning charm qoplamasi premium-toifaga mansublik hissini uyg‘otadi, Apple CarPlay va Android Auto qo‘llab-quvvatlaydigan ikki ekranli multimedia tizimi esa safarni imkon qadar qulay qiladi.

Avtomobil zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan: oltita himoya havo yostiqchalar, shinalar bosimini nazorat qilish, 360° kuzatuv kameralari, ko‘rinmas hududlarni monitoring qilish, favqulodda tormozlash tizimi, qiyalikda harakatlanishga yordam berish hamda ishonchli haydash uchun elektron yordamchilarning to‘liq to‘plami bor.

JS8 kapoti ostiga — 182 ot kuchiga ega 1,5 litrli turbomotor o‘rnatilgan, u 7 pog‘onali DST uzatmalar qutisi bilan ishlaydi, bu jihat dinamika va yoqilg‘i tejamkorligi muvozanatini ta’minlaydi.

O‘zbekiston bozorida JAC JS8 avtomobili rasmiy diler orqali to‘liq kafolat, xizmat ko‘rsatish va barcha zamonaviy jihozlar bilan taqdim etilmoqda. Mutaxassislar fikricha, texnologik imkoniyatlar, qulaylik va xavfsizlik yechimlarining uyg‘unligi JS8 avtomobilini hamyonbop narxdagi zamonaviy SUV izlagan, oila a’zolari bilan safarga chiquvchi mijozlar uchun jozibador tanlovga aylantiradi.

Hozirda JAC JS8 butun mamlakat bo‘ylab dilerlik salonlarida sotuvua taqdim etilgan va dastlabki test-drayvga tayyordir.

Kompaniya dilerlik markazlari va rasmiy savdo maydonchalarida xarid qilish shartlari bilan tanishib chiqish uchun xaridorlarni taklif etadi.

Batafsil saytda: jacmotors.uz

Instagram
: jacmotorstoshkent

Telefon
: +998555117770

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring