Elektromobil xaridi uchun kam foizli kreditlar ajratiladi
Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.
Loyihaga ko‘ra, elektromobillarni sotib olish uchun aholiga quyidagi shartlarda kreditlar ajratilishini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan:
- mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan elektromobillarni sotib olish uchun 12 foizli;
- xorijdan import qilingan elektromobillarni sotib olish uchun 16 foizli bank kreditlari.
Elektromobillarni sotib olish uchun ajratiladigan bank kreditlari foizlarining oshgan qismini tijorat banklariga Davlat budjeti hisobidan qoplash tartibi joriy etiladi. Birinchi bosqichda aholiga 41 mingta elektromobil xaridi uchun tegishincha 12 va 16 foizli kredit mablag‘lari ajratilishi vazifasi qo‘yilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter