Hali uzoq kutasiz... Chevrolet Onix qachon sotuvga chiqishi ma’lum qilindi
Avvalroq «UzAuto Motors» kompaniyasi Chevrolet Onix hamda Tracker 2 modellari yig‘ish boshlanishini ma’lum qilgandi.
Shu sabab aholi orasiada Chevrolet Onix shu kunlarda sotuvga chiqib qolishi haqida mish-mishlar tarqayotgandi. Ammo...
Kompaniya xabariga ko‘ra, joriy yilning avgust oyida Chevrolet Onix hamda Tracker 2 avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Asakadagi zavodda zaruriy ishlar olib borilgan.
«Chevrolet Onix avtomobilining birinchi partiyasi ishlab chiqarilgandan so‘ng, olti oylik sinov muddatidan o‘tishi kerak. Avtomobillar turli xil iqlim sharoitida, har xil yo‘llarda sinovdan o‘tkaziladi. Onix avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish faqat to‘liq testdan o‘tgandan keyingina boshlanadi.
Chevrolet Onix avtomobili sotuvi 2022 yil oxiri, 2023 yil boshida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan», deyiladi kompaniya xabarida.
Demak, yana bir yildan ziyod kutishingizga to‘g‘ri keladi.
Aslida kompaniya Onix ishlab chiqarishni 2020 yilda boshlash haqida va’da bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter