Kunduzi chiroqni yoqib yurishga oid talab bekor qilindi
![Kunduzi chiroqni yoqib yurishga oid talab bekor qilindi](https://xabar.uz/static/crop/4/1/920__95_4185003696.jpg)
Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, barcha avtomototransport vositalari uchun yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanish talabi bekor qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Endilikda mazkur talab faqatgina quyidagi 6 ta holat bo‘yicha majburiy etib belgilandi:
1) transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;
2) yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida;
3) bolalar guruhini tashkiliy tashishda;
4) xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda;
5) mexanik transport vositalarini shatakka olishda;
6) mototsikl va mopedlarda.
Qolgan holatlarda avtotransport vositalari kunduzi chiroqlarini yoqib yurishga majbur emas va bu javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter