Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chiroyli avtoraqamlar arzon narxda auksionga qo‘yiladi, agarda...

Chiroyli avtoraqamlar arzon narxda auksionga qo‘yiladi, agarda...

Hukumatning 4 noyabrdagi qarori bilan Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, chiroyli avtoraqamlar auksionga qo‘yilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida sotilmagan taqdirda:

  • 1 va 2-toifadagi raqamlar mos ravishda 2 va 3-toifalarga doir boshlang‘ich narxlarda auksionga qo‘yiladi (harflari bir xil kombinatsiyada bo‘lgan raqamlardan tashqari);
  • 4-6-toifadagi raqamlar auksiondan olinib, auksionga qo‘yilgan boshlang‘ich narxda umumiy tartibda realizatsiya qilinadi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan chiroyli raqamlarning 1-3-toifalari istalgan harf kombinatsiyalari bilan auksionga qo‘yilishi mumkin.

Bunda ushbu raqamlarning auksionga qo‘yiladigan boshlang‘ich narxlari quyidagicha belgilandi:

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring